NATO Rossiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid deb tan oldi. Xitoyni esa...
Olam
−
29 iyun 2022
19499Shimoliy Atlantika alyansi Rossiyani o‘z xavfsizligiga "eng muhim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri" tahdid deb hisoblaydi. NATOning bugun, 29 iyun kuni Madriddagi sammitida qabul qilingan strategik konsepsiyaga muvofiq Moskva tashkilot hamkorlari qatoridan chiqarildi.
Bundan tashqari, blok Xitoyga qarshi turish, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va postsovet hududida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, o‘zining mudofaa qobiliyatini mustahkamlash niyatida. Alyansning kengayishi “tarixiy muvaffaqiyat” deb ataldi.
Konsepsiyadan o‘rin olgan masalalar haqida quyida qisqacha o‘qishingiz mumkin.
Rossiya tahdid sifatida
NATO Rossiya Federatsiyasini alyans xavfsizligiga eng muhim va bevosita tahdid sifatida tan oladi.
Tashkilot endi Rossiyani hamkor deb hisoblamoqchi emas, balki aloqa kanallarini saqlab qolishga tayyor. NATO, shuningdek, Moskva bilan qarama-qarshilikka intilmasligini va o‘ziga tahdid solmasligini ta’kidlaydi.
NATO va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zgarishi Moskvaga bog‘liq, deb hisoblaydi alyans.
NATO Rossiya harakatlariga javoban alyansning tahdidlarning oldini olish va mudofaa qobiliyatini sezilarli darajada kuchaytiradi.
Xitoyga qarshi
Alyans Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishini NATO qadriyatlariga zid deb hisoblaydi.
Alyansga ko‘ra, Xitoy global logistika va iqtisodiyotni nazorat qilish orqali o‘rnatilgan dunyo tartibini buzishga harakat qilmoqda.
Alyans Hindiston va Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlar bilan aloqalarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Ukraina bilan aloqalar
Blok alyansga intilayotgan Ukraina va Gruziya bilan hamkorlikni mustahkamlashda davom etadi.
NATO yetakchilari Ukrainaga kengaytirilgan yordam dasturini qabul qildi. Harbiy va moliyaviy yordam Kiyevga qancha kerak bo‘lsa, shuncha yetkazib beriladi.
NATO davlatlari harbiy harakatlar tugaganidan keyin Ukrainaning tiklanishini qo‘llab-quvvatlaydi.
NATO sammiti ishtirokchilari Ukrainadagi voqealar uchun to‘liq javobgarlikni Rossiya zimmasiga yukladi va undan maxsus harbiy operatsiyani to‘xtatishni talab qildi.
NATO yetakchilarining fikricha, Ukraina o‘zini himoya qilish huquqiga ega va o‘z xavfsizligini qanday ta’minlashni mustaqil tanlashi mumkin.
LiveBarchasi