NATO Rossiyani tajovuzkor xatti-harakatlarda aybladi
Olam
−
24 mart 2021
4131NATO Rossiyaning xatti-harakatlarini tajovuzkor, deb hisoblaydi va Moskvada qo‘shni mamlakatlardagi vaziyatni beqarorlashtirish istagi bor. Bu haqda alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg aytib o‘tdi. Uning so‘zlari harbiy blokning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Stoltenbergning ta’kidlashicha, NATOning Rossiya bilan munosabatlari juda murakkabligicha qolmoqda.
“Ko‘p yillik bosim va biz tomonimizdan mazmunli muloqot o‘rnatish uchun qilingan sa’y-harakatlarga qaramay, Rossiya faqat o‘z ichidagi va chet eldagi tajovuzkor xatti-harakatlarini kuchaytirdi”, deydi u alyans Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidan so‘ng.
NATO Bosh kotibi Rossiyani qo‘shni Ukraina, Gruziya va Moldovadagi vaziyatni beqarorlashtirganlikda, shuningdek Bolqon mamlakatlari ichki ishlariga aralashishga urinishda aybladi.
“Rossiya o‘z harbiy kuchlarini Boltiqbo‘yidan Qora dengizgacha, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada, O‘rta yer dengizidan Arktikaga qadar barpo etishda davom etmoqda”, deydi Stoltenberg.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 fevral kuni Qora dengizda NATOning “Poseydon 21” mashqlari boshlangan edi.
LiveBarchasi