NATO Rossiyaga qarshi reja ustida bosh qotirmoqda – OAV 

Olam

image

NATO harbiy-siyosiy alyansiga a’zo davlatlarning Mudofaa vazirlari Rossiyaning Yevropaga qilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy hujumiga qarshi turish uchun yangi rejani tasdiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.

Nashrning yozishicha, NATO Mudofaa vazirlari bugun, 21 oktyabr kuni bir nechta jabhalarda har qanday ehtimoliy hujumdan himoyalanish bo‘yicha yangi keng qamrovli rejani kelishib olish niyatida. 

Qayd etilishicha, alyans hozir Xitoyga avvalgidan ko‘ra ko‘proq e’tibor qaratayotganiga qaramay, NATO “hamon Moskvani tiyib turishga qat’iy qaror qilgan”.

“Rejada Boltiqbo‘yi va Qora dengiz mintaqalarida bir vaqtning o‘zida har qanday hujum, shu jumladan, yadroviy qurol, kiber qurol va kosmik tizimlardan foydalanish ehtimoli ko‘zda tutilgan”, deyiladi xabarda. 

Xabarga ko‘ra, agar katta ziddiyat kelib chiqsa, unda barcha hududalarda harbiy operatsiyalar amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida turli xil voqealar sodir bo‘lishi mumkin, bu har tomonlama tayyorgarlikni talab qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 21 oktyabr kuni boshlangan NATOga a’zo davlatlarning Mudofaa vazirlari uchrashuvi ertaga, 22 oktyabr kuni ham davom etadi. Ushbu uchrashuv davomida Rossiya va NATOning Bryussel va Moskvadagi vakolatxonalari yopilishining ehtimoliy oqibatlari ko‘rib chiqiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov noyabr oyining boshidan mamlakatning NATOdagi doimiy missiyasi faoliyati to‘xtatilishini ma’lum qilgandi. Bunga qadar Shimoliy Atlantika alyansi Rossiyadagi doimiy vakolatxonasining sakkiz nafar xodimini akkreditatsiyasini bekor qilgandi. 

Ma’lumot uchun, NATO 30 ta davlatni o‘z atrofida birlashtirgan harbiy-siyosiy blok hisoblanadi. Ushbu alyans 1949 yilda AQSHda Yevropa davlatlarini SSSR hujumidan himoya qilish maqsadida tuzilgan. Biroq, SSSR qulagandan keyin ham NATO o‘z faoliyatini to‘xtatmadi, balki Rossiya tomon geografik jihatdan o‘z ta’sirini kengaytirib bordi. 

Qayd etish kerakki, ushbu alyansning asosiy tamoyili – agar harbiy blok a’zosiga hujum bo‘lsa, NATOning qolgan a’zolari uni himoya qilish va dushmanga qarshi kuch ishlatishga o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

281

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing