NATO Rossiyadan himoyalanishga jiddiy e’tibor qaratdi 

Olam

image

NATO 2027 yil oxiriga qadar Rossiya va Belarus bilan chegara qismini ehtimoliy harbiy hujumdan himoyalash maqsadida robotlar va dronlar bilan jihozlaydi. Bundan tashqari, chegarada masofadan boshqariladigan robot tizimlari bilan jihozlangan bo‘lim ham tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 24 yanvar kuni NATO armiyasi generali Tomas Lovin ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, NATO alyansning Rossiya va Belarus bilan chegaralarida qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar zaxirasini ko‘paytiradi. Hujum sodir bo‘lgan taqdirda ushbu tizimlar dushmanning oldinga siljishiga to‘siqlar yaratish va NATO askarlari orasida potensial qurbonlarni minimallashtirishga mo‘ljallangan.

Ushbu kuzatuv tizimi yerda, havoda, kosmosda va hatto raqamli makonda ma’lumotlarni to‘playdigan qurilmalardan iborat bo‘ladi. To‘plangan ma’lumotlar NATO mamlakatlari vakillarining har birida real vaqt rejimida paydo bo‘ladi.

General Lovin 2027 yil oxiriga borib asosan avtomatlashtirilgan zona yaratilishiga qaramay, asosiy to‘xtatib turish funksiyasi hali ham NATO qo‘shinlariga yuklatilishini aytgan. U uchuvchisiz tizimlar dushmanni uzoq vaqt davomida yoki umuman to‘xtata olmasligini qayd etgan. 

“Oxir-oqibat, bu har doim askarlarning askarlarga qarshi kurashi masalasidir. Ittifoqning yangi konsepsiyasining rasmiy nomi – “Sharqiy qanotni to‘xtatib turish chizig‘i”, deydi Lovin. 

Generalning qo‘shimcha qilishicha, unda asosan Ukrainaning Rossiya harbiy tajovuzidan mudofaasi tajribasi hisobga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO va Rossiya urushi 2029 yilda boshlanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Rossiya NATO bilan urushni 2029 yilda boshlashi mumkinligini, ayrim tahlilchilarga ko‘ra esa bu yanada erta sodir bo‘lishi ehtimoli borligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya Belarus' qurol-yarog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing