NATO Moldovaga qurol yetkazib berishni rejalashtiryapti – Britaniya TIV

Olam

image
0:00
0:00
download

Britaniya va NATOning boshqa davlatlari Moldovaga qurol yetkazib berish imkoniyatini muhokama qilmoqda, deydi Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass “The Telegraph” nashriga bergan intervyusida.

“Men Moldova NATO standartlariga muvofiq qurollanishini istardim”, deydi Trass.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chora mamlakatni Rossiya bosqinchilik tahdididan himoya qilishga qaratilgan hamda hozirda NATO Sovet davridan qolgan uskunalar o‘rnini bosuvchi zamonaviy qurol-yarog‘ yetkazib berish va Moldova harbiylarini tayyorlash masalasini muhokama qilmoqda.

Avvalroq Moldova hukumati respublikaning doimiy betarafligi haqidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan edi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Vyacheslav Dobinda bunday qaror davlatning milliy manfaatlariga zid ekanligi hamda uni xalqaro miqyosda yakkalab qo‘yishi mumkinligini ta’kidlagandi. Shu bilan birga, Bosh vazir Natalya Gavrilitsa Moldova neytral davlat maqomini saqlab qolish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

 

Kenjayev Kamronbey


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing