NATO Xitoy yaqinida keskinlikni kuchaytirmoqda – Lavrov

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 1 dekabr kuni NATOni Xitoy yaqinidagi keskinlikni kuchaytirayotganlikda aybladi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi. 

“NATO endi Janubiy Xitoy dengizini, bir paytlar Ukrainada bo‘lgani kabi keskinlik kuchaygan mintaqalardan biriga aylantirmoqda. Biz Xitoyning bunday provokatsiyalarga qanchalik jiddiy munosabatda bo‘lishini bilamiz va NATOning bu hududlarda olov bilan o‘ynashishi Rossiya Federatsiyasi uchun tahdid va xavf tug‘dirishini tushunamiz. U Xitoy hududi sifatida bizning qirg‘oqlarimiz va dengizlarimizga juda yaqin”, deydi Lavrov.

Uning aytishicha, AQSH yetakchiligidagi NATO a’zolari u yerda Yevropadan keyingi portlovchi vaziyat yaratishga urinmoqda. Shu sababli Rossiya Xitoy bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirmoqda va qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. 

Lavrov o‘z bayonotini tasdiqlovchi dalillar keltirmagan bo‘lsa-da, AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya o‘rtasida AUKUS ittifoqi tuzilganiga ishora qilgan (AUKUS – davlatlar ingilizcha nomlarining qisqartmasi – Australia, the UK, the US).

Shuningdek, Lavrov Hindistonni Rossiya va Xitoyga qarshi ittifoqqa tortayotgan NATO Rossiya uchun jiddiy xavf tug‘dirishini aytgan. 

O‘z navbatida, NATO Bosh kotibi Stoltenberg ham bugungi bayonotida Xitoy kabi avtoritar kuchlar bilan aloqa qilish xavfsizlik masalalariga salbiy ta’sir qilishiga urg‘u bergan.

"Ukrainadagi urush  bizning Rossiya gaziga xavfli qaramligimizni namoyish etdi. Bu bizning boshqa avtoritar davlatlarga, xususan Xitoyga qaramligimizni baholashga olib kelishi kerak", deydi u Berlin Xavfsizlik konferensiyasidagi chiqishida.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing