NATO kemalari Boltiq dengiziga kirdi

Olam

image

NATOning birinchi doimiy dengiz guruhining kemalari Boltiq dengiziga kirdi va u yerda hamkor davlatlar hamda ittifoqchi davlatlar bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Bu haqda Estoniya dengiz kuchlari qo‘mondoni Yuri Saska ma’lum qildi

“NATOning doimiy dengiz guruhining SNMG1 tezkor bo‘linmasining ba’zi kemalari Boltiq dengiziga kirdi. Qolgan kemalar bugun, 15 aprel kuni Tallin portining eski kruiz terminaliga yetib keladi”, deyiladi xabarda.

Harbiy alyansning asosiy vazifasi Boltiq dengizi mintaqasida ittifoqchilarning borligini namoyish etish va Estoniya harbiy-dengiz kuchlari bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazishdan iborat.

Estoniya dengiz piyodalari bilan mashg‘ulotlar kelasi haftada boshlanishi rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni NATOga a’zo davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Rossiya tahdid qilishi mumkin bo‘lgan hamkorlar, jumladan Gruziya hamda Bosniya va Gersegovinani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishini ma’lum qildi. Shuningdek, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini, biroq Yevropada Rossiya bilan ziddiyatning oldini olish uchun hamma narsani qilayotganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

618

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing