NATO davlatlari Ukrainaga milliardlab yevrolik yordam va’da qildi

Olam

image

Ukraina-NATO kengashi yig‘ilishidan so‘ng Shimoliy Atlantika alyansi davlatlari Kiyevga iqtisodiy, gumanitar va harbiy yordam ko‘rsatishda davom etishlarini, jumladan, Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishni ma’lum qildi. Bu haqda kengash bayonotida aytiladi.

NATOning ko‘plab a’zolari 2024 yilda Kiyevga milliardlab yevrolik qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etish rejalarini e’lon qilgan. Bayonotda aynan nima muhokama qilinayotgani aytilmagan.

Shuningdek, NATO a’zolari Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalarini, Rossiyaning Shimoliy Koreyadan ballistik raketalar va Erondan uchuvchisiz uchoqlardan foydalanishini qat’iy qoralagan.

Ukraina-NATO Kengashining yig‘ilishi 10 yanvar kuni elchilar darajasida bo‘lib o‘tgan va u Kiyev iltimosiga binoan Rossiya qo‘shinlari tomonidan Ukraina hududlarini tobora ko‘proq ommaviy o‘qqa tutish fonida chaqirilgan.

Ichki siyosiy kelishmovchiliklar tufayli AQSH Kongressi Ukrainaga keyingi harbiy yordam uchun 60 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini hali tasdiqlamagan.

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati 2023 yil oxirida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘ deyarli tugab qolganini ta’kidlagan.

“Euractive” nashriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Kiyevga 2024 yil martidan kechiktirmay mablag‘ ajratishga va’da bergan. Yevropa rasmiylari Ukrainaga dekabrda Vengriya to‘sib qo‘ygan 50 milliard yevrolik yordam paketi bo‘yicha hamon kelishib olishga umid qilmoqda.

“Politico” nashrining xabar berishicha, Vengriya Ukrainaga to‘rt yil davomida yordam ko‘rsatishni ma’qullashga tayyor, biroq bu yordam har yili ko‘rib chiqilishi sharti bilan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made