NATO bosh kotibi Ukrainadagi snaryadlarning kunlik sarfini hisoblaganini aytdi

Olam

image

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainadagi snaryadlarning kunlik sarfini hisoblab chiqdi va bu G‘arb mamlakatlaridagi ularni ishlab chiqarish darajasidan oshib ketishini aytdi. Bu haqda u “Guardian” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Stoltenbergga ko‘ra, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va boshqa G‘arb davlatlari Ukrainani uzoq vaqt davomida qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va ehtiyot qismlar bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Uning ta’kidlashicha, hozirgi janglar shu qadar qizg‘in kechganki, Ukraina har kuni to‘rt mingdan yetti mingtagacha artilleriya o‘qlarini ishlatgan.

“Ayni paytda o‘q-dorilarga sarflangan mablag‘lar ishlab chiqarishning hozirgi darajasidan yuqori”, dedi NATO Bosh kotibi.

Uning eslatishicha, shu hafta boshida Yevropa Ittifoqi (YeI) davlatlari Ukrainaga taxminan olti oyga yetadigan bir million snaryad yetkazib berishga kelishib olgan. Stoltenberg alyans a’zolari yalpi ichki mahsulotning ikki foizdan ko‘prog‘ini mudofaa uchun sarflashga tayyor bo‘lishiga umid bildirdi.

Shuningdek, NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaroning yakunlanishi haqida gapirgan edi. U inqiroz muzokaralar stolida yakunlanishini tan olgandi. Stoltenbergning fikricha, Rossiyaning mojaroda g‘alaba qozonishi fojia bo‘ladi va bu ayniqsa, Shimoliy Atlantika alyansi uchun xavfli bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina snaryad Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing