NATO Bosh kotibi Tramp bilan uchrashdi

Olam

image

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda alyans matbuot xizmatiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Uchrashuv kecha, 22 noyabr kuni Trampning Floridadagi qarorgohida bo‘lib o‘tgan. Tomonlar alyans oldida turgan global xavfsizlik masalalarini muhokama qilgan. AQSH Prezidenti uchrashuv haqida hozircha izoh bermagan.

“The Washington Post” gazetasi NATO Bosh kotibi Donald Tramp bilan Rossiya-Ukraina mojarosini tinch hal qilish strategiyasini muhokama qilganini yozgan. “The Wall Street Journal” nashrining yozishicha, AQSH yangi prezidentining maslahatchilari front chizig‘i bo‘ylab qurolsizlantirilgan hudud yaratish orqali jangovar harakatlarni tugatishni taklif qilmoqda. Kreml esa mojaroni muzlatishdan bosh tortgan.

“Bloomberg” yozganidek, Ryutte qiyin vaziyatlarda qanday kurashishni biladi va buning uchun zarur aloqalarga ega. U Donald Tramp bilan samarali muloqot qila oladigan shaxs sifatida ham tanilgan. Aynan Ryutte 2018 yilda Trampni AQSHning alyansdan chiqishi mumkinligi haqidagi bayonoti Yevropa ittifoqchilarini mudofaa xarajatlarini oshirishga undashiga ishontirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryutte rasman Yens Stoltenberg o‘rniga NATO Bosh kotibi lavozimini egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp NATO Bosh kotibi Mark Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing