Natijasidan norozi abituriyentlar qachondan apellyatsiya berishi mumkinligi aytildi
Jamiyat
−
17 avgust
2042OTMlarning bakalavriat bosqichi uchun test natijasidan norozi abituriyentlar 18-27 avgust kunlari oralig‘ida apellyatsiyaga ariza berishlari mumkin. Bu haqda Bilimni va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, abituriyentlar Bilimlarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn ariza berishlari mumkin.
Agentlikka ko‘ra, abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Shuningdek, abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak. Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024 yil 22 avgustdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun 2024–2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilingandi.
LiveBarchasi