NASA Oy missiyasini texnik muammo sababli yana qoldirdi

Olam

image

AQSH Milliy aeronavtika va kosmik ma’muriyati (NASA) Artemis II missiyasini barcha uchirishdan oldingi protseduralarning yakuniy sinovi paytida yoqilg‘i sizib chiqishi sababli mart oyiga qoldirdi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 2 fevral kuni NASA muhandislik guruhlari birinchi uchirishdan oldin tizim qanday ishlashini aniqlash uchun mashq o‘tkazgan va raketaga 700 000 gallon o‘ta sovuq suyuq yoqilg‘i quyishgan. Tayyorgarlik ishlari davomida muhandislar raketaning suyuq vodorod tizimidagi oqish muammosini bartaraf etish uchun bir necha soat vaqt sarflagan.

NASA administratori Jared Ayzekmanning so‘zlariga ko‘ra, oqish kuchaygani sababli tayyorgarlik 5 daqiqa qolganida to‘xtatilgan. Uning aytishicha, sinov paytida Orion kosmik kemasida klapan, audio va kamera bilan bog‘liq muammolar ham aniqlangan.

“Biz qiyinchiliklarga duch kelishimizni to‘liq kutgan edik”, deb yozgan Ayzekman X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ayzekmanning qo‘shimcha qilishicha, NASA mart oyidagi uchirish sanasini belgilashdan oldin yana bir sinov mashq o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Artemis II missiyasi bir necha bor kechiktirilmoqda. Birinchi uchirish sanasi 2024 yil oxiriga rejalashtirilgan edi. O‘shanda Orion’ning issiqlik qalqoni va hayotni ta’minlash tizimidagi texnik muammolar tufayli missiya bir yilga, ya’ni 2025 yil sentyabriga kechiktirilgandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Oy NASA texnik muammo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing