Narzullo Oblomurodov prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 27 avgust kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasining III S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning Prezident saylovidagi nomzodi rasman tasdiqlandi.

Partiyaning III qurultoyida O‘zbekiston Prezidentligiga partiya markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov nomzodi s’ezd delegatlarining ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlandi.

Oblomurodov saylovoldi dasturining bosh shiori “Biz kelajak uchun javobgarmiz” ekanini ma’lum qildi.

Narzullo Oblomurodovning saylovoldi dasturida asosiy e’tibor bir qator ekologik muammolarni bartaraf etish, aholining ekologik madaniyatini rivojlantirish kabi masalalarga qaratilgan:

•    “yashil” iqtisodiyot tamoyillari asosida mamlakatni jadal rivojlantirishga yo‘naltirilgan siyosatni yuritish;

•    aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash qamrovini kengaytirish, oqova suvlarni tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish hamda yangilarini qurish choralarini ko‘rish;

•    chiqindilarni qayta ishlashga qaratilgan davlat siyosatini kuchaytirish;

•    iqlim o‘zgarishlariga moslashish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish;

•    atmosferaga tashlanmalarni kamaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;

•    jamiyatda yuksak ekologik madaniyatni shakllantirish, ona tabiatni, jumladan, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrab-avaylash, ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hissini kuchaytirish;

•    global va transchegaraviy ekologik muammolarni hal qilishda xorijiy davlatlar, avvalambor, Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratish.

Delegatlar nomzodning saylovoldi dasturini bir ovozdan ma’qulladi. S’ezd yakunida muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing