Narpay hokimi o‘zgardi
Jamiyat
−
26 iyun
6442Samarqand viloyatidagi Narpay tumani hokimi o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 26 iyun kuni tumanda o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. 2020 yildan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Sherzod Shuhratovich Rahmonov boshqa ishga o‘tayotganligi bois tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Sherbek Erkinovich Bo‘ronov nomzodi Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Sherbek Bo‘ronov 1985 yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan. 2003 yildan boshlab bank tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2021 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi.
LiveBarchasi