“Narxoz” litseyini  tamomlaganlarga 30 foiz qo‘shimcha ball berilishi mumkin

Jamiyat

image

Iqtisodiyot universiteti litseyini tamomlagan o‘quvchilarga 30 foiz qo‘shimcha ball berilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida qayd etildi. 

Hujjatga muvofiq, quyidagilar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:

mehnat bozori talablariga javob bera oladigan, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash, bitiruvchilarning kasbiy-malaka darajasini xalqaro mehnat bozorida tan olinishini ta’minlash;

ta’limning sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kredit-modul tizimiga o‘tish va jahondagi yetakchi va nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalarini tatbiq etish asosida o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv va ilmiy-uslubiy ta’minotni ta’minlash;

zamonaviy ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, multimadaniy va multilingvistik muhitda dars bera oladigan, tadqiqot ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, O‘zbekiston hukumati va biznes oldida turgan ahamiyatli vazifalarning yechimini topa oladigan yangi avlod professor-o‘qituvchilarini shakllantirish;

mustaqil ta’lim soatlari ulushini 60 foizgacha oshirish, talabalarda tanqidiy, ijodiy va kreativ fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing