“O‘zbekneftgaz” 299 ta AYOQSHga benzin berishni to‘xtatdi
Jamiyat
−
09 dekabr 2022
14884Narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta AYOQSHga benzin yetkazib berish to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiya” xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublikada narxni asossiz oshirgan, mahsulot sifatini buzgan 299 ta AYOQSH aniqlangan. Oqibatda ushbu AYOQSHlarga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatilgan.
Bundan tashqari, 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondagi 2000 dan ziyod benzin AYOQSHlarga kuniga o‘rtacha 3200 tonna benzin o‘rniga 4000 tonnadan ziyod benzin yetkazib berilmoqda.
“Gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi vaqtinchalik cheklovlar, avtobenzin narxini oshishiga olib kelmaydi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi