Nargiza Rahmonqulova yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
14 Oktabr 2019
8327Bugun, 14 oktyabr kuni Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.
Pedagogika fanlari doktori, professor Nargiz Xadjiakbarovna Raxmonqulova Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar Raxmonqulova Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan edi.
Qayd etilishcha, Toshkent viloyati Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining maktablar reytingida so‘ngi 14 o‘rinni egalladi.
Pedagogika fanlari doktori, professor Nargiz Raxmonqulovaning yangi lavozimdagi asosiy vazifalaridan biri Toshkent viloyati maktablarida ta’lim sifatini oshirish bo‘ladi.
LiveBarchasi