Narendra Modi ilk bor Braziliya Prezidenti bilan uchrashdi

Olam

image

Kecha, 21 may kuni Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Xirosimadagi G7 davlatlari sammiti doirasida Braziliya Prezidenti Inasiu Lula da Silva bilan uchrashdi. Bu haqda Hindistonning “Investing” sayti xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur uchrashuvda ikki tomonlama strategik sheriklikni, ayniqsa mudofaa, ishlab chiqarish, savdo va qayta tiklanadigan energiya sohalariga doir bo‘lgan mavzular muhokama markazida bo‘lgan.

“Prezident Lula bilan muzokaralar samarali va keng ko‘lamli bo‘ldi. Hindiston hamda Braziliya savdo aloqalarini chuqurlashtirish uchun birgalikda ishlashda davom etadi. Shuningdek, biz qishloq xo‘jaligi, mudofaa va boshqa sohalarda hamkorlikni diversifikatsiya qilishni muhokama qildik”, deb yozdi Bosh vazir Modi Twitter'dagi sohifasida.

MEA bayonotiga ko‘ra, mazkur jarayon ikki yetakchi o‘rtasidagi birinchi uchrashuv hisoblanadi. Shuningdek, suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlari joriy yil diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 75 yil to‘layotganini alohida ta’kidlagan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing