Namoyishchilarga qarshi keskin choralar ko‘rilmaydi – To‘qayev

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning aytishicha, parlament deputatlari saylovi munosabati bilan norozilik bildirmoqchi bo‘lganlarga nisbatan repressiv choralar ko‘rilmaydi.

“Mening fikrimcha, dunyoning barcha mamlakatlarida norozilik kayfiyatlari mavjud. Shuning uchun politsiya haqida gap ketganda, ular qat’iy qonunlarga muvofiq harakat qilishadi. Protest tuyg‘ulariga qarshi repressiv choralar bo‘lmaydi. Bizning huquqni muhofaza qilish idoralarimiz qat’iy belgilangan tartibda ishlaydi. qonunlarimiz kabi”, deydi To‘qayev 58-saylov uchastkasida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida ovoz berib bo‘lganidan so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bugun, 10 yanvar kuni Qozog‘istonda parlamentning quyi palatasi, shuningdek, mahalliy vakillik organlari deputatlarining navbatdagi saylovlari bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.

Parlament saylovlarida Respublikada ro‘yxatdan o‘tgan oltita partiyadan beshtasi qatnashmoqda:

  • Qozog‘iston Xalq partiyasi (sobiq Qozog‘iston Xalq Kommunistik partiyasi); 
  • hukmron “Nur Otan” (Vatan nuri) partiyasi;
  • “Auil” Xalq Demokratik Vatanparvarlik partiyasi;
  • Yaqin vaqtgacha “Birlik”, deb nomlanib kelayotgan “Oq yo‘l” demokratik partiyasi;
  • “Adal” (Adolat) partiyasi.

Parlamentga kirish uchun partiyalar 7 foizlik to‘siqni yengib o‘tishi kerak. Majilis kamida kamida ikki partiya ishtirokida tuziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istondagi saylovlar

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing