Qozog‘istonda parlament saylovlari boshlandi

Olam 2092
image

Bugun, 10 yanvar kuni Respublikada Qozog‘iston Majlisi (parlamentning quyi palatasi), shuningdek, mahalliy vakillik organlari deputatlarining navbatdagi saylovlari boshlandi. Mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da mamlakat bo‘ylab 9 994 saylov uchastkasi ochilgan. Boshqa 66 ta uchastka chet mamlakatlarda joylashgan.

Parlament saylovlarida Respublikada ro‘yxatdan o‘tgan oltita partiyadan beshtasi qatnashmoqda:

  • Qozog‘iston Xalq partiyasi (sobiq Qozog‘iston Xalq Kommunistik partiyasi); 
  • hukmron “Nur Otan” (Vatan nuri) partiyasi;
  • “Auil” Xalq Demokratik Vatanparvarlik partiyasi;
  • Yaqin vaqtgacha “Birlik”, deb nomlanib kelayotgan “Oq yo‘l” demokratik partiyasi;
  • “Adal” (Adolat) partiyasi.

O‘zini muxolifat deb bilgan Milliy-Sotsial-Demokratik partiya kelgusi Majlisda va Maslahatlarda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda qatnashmaslikka qaror qilgan.

Majlisga saylovlarda beshta partiyadan nomzodlar ro‘yxatiga 312 kishi kiritilgan. Shu bilan birga, yangi qonunchilik normasi to‘liq bajarilib, ayollar va 29 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning kamida 30 foiz partiyalar ro‘yxatida bo‘lishini talab qiladi. Nomzodlar ro‘yxatiga, shuningdek, amaldagi Majlisning 34 deputati kiritilgan.

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida protsedura qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlangan, unga ko‘ra partiyalar saylov byulletenlarida ko‘rsatiladi. Ro‘yxatdagi birinchi qatorni Qozog‘iston Xalq partiyasi egallab turibdi, undan keyin “Nur Otan”, “Auil”, “Oq yo‘l” va “Adal” partiyalari joylashgan.

Ovoz berish tartibi

Mamlakatdagi saylovchilarning umumiy soni, Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasining ro‘yxatlariga ko‘ra, 11,9 million kishini tashkil etgan. Shu bilan birga, Qozog‘istonning 12 mingga yaqin fuqarosi chet elda ovoz berishni rejalashtirmoqda. 398 nafar xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy davlatlarning vakillari saylovlarni kuzatishi uchun akkreditatsiyadan o‘tgan. Ulardan 322 nafar kuzatuvchi o‘nta xalqaro tashkilotlardan, 76 tasi esa 31 xorijiy davlatlardan akkreditatsiyadan o‘tgan.

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasining xabar qilishicha, majlis deputatlari saylovida ovoz berish an’anaviy shaklda – faqat qog‘oz byulletenlari orqali amalga oshiriladi. Elektron ovoz berish ta’minlanmagan.

Koronavirus pandemiyasi davrida bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlarida barcha ishtirokchilar tibbiy niqob, qo‘lqop va antiseptiklardan foydalanishi kerak. Saylovchilardan ijtimoiy masofani kamida 1,5 metr saqlash, qo‘l berib ko‘rishish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaning boshqa turlaridan qochish so‘raladi.

Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 20:00 gacha davom etadi. Qonunchilikka muvofiq Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini sarhisob qilish uchun yetti kalendar kunini taqdim etadi. Barcha saylov protseduralari 17 yanvarga qadar bajarilishi kerak.

Saylov paytida jamoat tartibini ta’minlash uchun Qozog‘iston politsiyasi xodimlari xizmatni kuchaytirilgan tartibiga o‘tkazgan.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 14
Reyting: 3
t
×