Namanganlik “shovvoz” bir kunda 13 ta do‘konni o‘mardi

3-sahifa

image

Namanganda muqaddam 4 marotaba sudlangan shaxs 1 kunda 13 ta do‘konga o‘g‘rilikka tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning 13 noyabr kuni Mingbuloq tumanida 4 marotaba o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan fuqaro yana ushbu ushbu "hunarini" takrorlagan. 

Qayd etilishicha, u 12 noyabr kuni tumandagi “Bog‘i eram” va “Ozodlik” ko‘chalarida joylashgan do‘konlarni kuzatgan. Shundan so‘ng, u tunda 13 ta telefon aksessuarlari do‘koniga o‘g‘rilikka tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, u 13 ta do‘kondan 130 million so‘mlik tovarlarni o‘g‘irlagan. 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing