Namangandagi YTHda ota va 3 yashar qiz qurbon bo‘ldi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 33 yoshli erkak va uning 3 yoshli qizi vafot etdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Hodisa bugun, 3 sentyabr kuni soat 10:00 da Chust tumanidagi Varzik-Qoraqo‘rg‘on avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. YTH 39 yoshli B.U. boshqaruvida bo‘lgan BMW rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotishi natijasida kelib chiqqan. 

Natijada BMW chap tomonidagi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda avtomobil salonida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi – 33 yoshli M.U. va uning voyaga yetmagan 3 yashar qizi R.U. voqea joyida vafot etgan. Avtomobil haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing