Namangandagi universitetlardan biri karantinga olindi

Jamiyat

image

Namangan davlat universiteti ikki haftaga karantinga olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan olingan test natijalariga ko‘ra, kecha, 22 may kuni Namangan davlat universitetining bir nafar o‘qituvchisida COVID-19 infeksiyasi qayd etilgani aniqlangan. Ayni vaqtda ushbu bemorning salomatligi, shifokorlar nazorati ostiga olingan.

Kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida universitetda o‘quv jarayonlari ikki hafta muddatga, ya’ni joriy yilning 6 iyun sanasiga qadar to‘xtatilib, ta’lim jarayonlari masofaviy shaklda tashkil etiladi.

Qayd etilishicha, niversitetda o‘quv jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish bo‘yicha zaruriy sharoitlar yaratilgan bo‘lib, dars jarayonlari Zoom videoaloqa dasturi orqali belgilangan onlayn dars jadvali asosida o‘tiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing