Namangandagi sexda yuz bergan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
16 fevral 2023 5628 1 daqiqa
Kecha, 15 fevral kuni Namangan tumanida joylashgan cho‘yan quyish sexidagi parogenerator (avtoklav)da par bosimi ortib ketishi tufayli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Portlash oqibatda ushbu sexda ishlayotgan 1 nafar ishchi tan jarohati olgan, 2 nafari hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Namangan tuman Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 yanvarida Toshkent shahri Bektemir tumanidagi korxona sexida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr