Namangandagi Markaziy bozorda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi Markaziy bozor hududida xususiy tadbirkorga qarashli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 5 avgust kuni soat 07:56 da Kosonsoy tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 101 qisqa raqamiga Abdurahmon Jomiy ko‘chasida joylashgan xususiy tadbirkorga qarashli binoda yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan.

Kelib tushgan xabarga asosan o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga borib, yong‘inni bartaraf etgan.

Yong‘in natijasida kuyib tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing