Namanganda “zapravka”da navbatda turgan Damas yonib ketdi
Jamiyat
−
11 yanvar 2021
5786Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida gaz to‘ldirish shoxobchasida navbatda turgan Damas avtomobili yonib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 11 yanvar kuni soat 07:50 larda, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani “Kumidon” MFY hududida joylashgan “Afsona-4” avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga kirish uchun navbatda turgan 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi B.A. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobil dvigatelida qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.
Hoisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in bartaraf etilgan.
Mazkur voqea yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
LiveBarchasi