Namanganda YTH oqibatida haydovchi vafot etdi
3-sahifa
−
22 noyabr 2022 6231 1 daqiqa
Namanganda navbatdagi dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Malibu va VAZ-2101 avtomobili ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Yo‘l-transport hodisasi bundan bir hafta avval, 15 noyabr kuni soat 09:30 da Kosonsoy-To‘raqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining 22-kmda sodir bo‘lgan. 62 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan VAZ-2101 avtomashinasi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqayotgan vaqtda chap tomondan kelayotgan Malibu'ni o‘tkazib yubormay, harakatini davom ettirgan.
Shundan so‘ng, ikki mashina ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. YTH oqibatida VAZ-2101 haydovchisi jarohat olib, tuman shifoxonasiga olib borilgan. Shikoforlar yordamiga qaramay, haydovchi vafot etgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025