Namanganda yangi tuman tashkil etiladi
O‘zbekiston
−
27 Iyun 2020 13560 1 daqiqa
Namangan viloyatida yangi Davlatobod tumani tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati faollari bilan qilgan yig‘ilishida ma’lum qilgan.
Qayd yetilishicha, yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev tomonidan viloyatdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz, kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash orqali doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish, qambag‘allikni qisqartirish, aholini uy-joy bilan ta’minlash va kichik sanoat zonalari tashkil etish kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi kecha, 26 iyun kuni boshlangan edi. Davlat rahbari tumanlarda bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishdi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr