“Laqqa baliq” aybdormi? Namanganda yangi qurilayotgan ko‘prik qulab tushdi

Jamiyat

image

Bugun, 8 yanvar kuni soat 11:00  atrofida Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi Shimoliy Farg‘ona kanali ustida qurilayotgan ko‘prik qulab tushgan. Hodisa oqibatida qurbonlar yoki jabrlanganlar bo‘lmagan. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uzunligi 37 metr, eni 3 metr bo‘lgan va piyodalar qatnovi uchun mo‘ljallangan ko‘prik mahalliy tadbirkor tomonidan “O‘n bir Ahmad” ziyoratgohiga keluvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida barpo etilayotgan bo‘lgan. Buning uchun davlat byudjetidan mablag‘ sarflanmagan. 

“Namangan ko‘priklardan foydalanish” unitar korxonasi rahbari Sanjarbek Shodmonovga ko‘ra, ko‘prik Tadbirkor Ma’rufxon Hojixonovning tashabbusi va shaxsiy mablag‘i hisobidan qurilayotgan, hali yakuniga yetmagan bo‘lgan.

Tadbirkorning aytishicha, ko‘prikning montaj ishlari to‘liq yakunlanmagan, ikki tomoniga yana tros va temir o‘rnatiladi. Bularning barchasiga ikki hafta atrofida vaqt talab etiladi. Shundan so‘ng ko‘prik avvalgi joyiga mustahkam etib o‘rnatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

634

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing