Namanganda velosipedchi Lacetti urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi 

3-sahifa

image

Joriy yilning 22 noyabr kuni Namangan viloyatida Lacetti harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubordi. Oqibatda velosipedchi olgan og‘ir tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, YTH  soat 21:30 atrofida Uchqo‘rg‘on-Xaqqulobod yo‘lining 5-kilometrida sodir bo‘lgan. Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro Lacetti rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi – Uchqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan. Oqibatda, velosipedchi olgan og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2021 yil 22 noyabr’ kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing