Namanganda uy portlashi oqibatida jarohatlanganlardan 1 nafari vafot etdi
3-sahifa
−
07 fevral 2023 5372 1 daqiqa
Avval xabar berganimizdek, bugun, 7 fevral kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Nurobod” mahallasida portlash oqibatida 5 nafar fuqaro jarohatlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan edi. Ularning 1 nafari shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Respublika Bosh prokurori matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
“Ko‘rsatilgan tez tibbiy muolajalarga qaramasdan 1 nafari shifoxonada vafot etgan”, deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismi “a” bandi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr