Namanganda o‘quvchisini do‘pposlagan o‘qituvchi boshqa bolalarni ham kaltaklagani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi 58-sonli maktab o‘qituvchisi o‘quvchisini kaltaklagan video ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘lgandi. Ushbu bahsli videoning davomi ham e’lon qilindi, unda pedagog qolgan bolalarni ham  urganini ko‘rish mumkin. Bu haqda “Zamon” informatsion-dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Namanganning 58-sonli maktabida “Geografiya” fanidan dars beruvchi  M.E. videoning ikkinchi qismida sinf doskasi yoniga guruhdagi o‘g‘il bolalarni chaqirib, ularni ham do‘pposlagan.

O‘qituvchining o‘zi dastlab tarqalgan videodagi holatga munosabat bildirib, o‘quvchi unga qo‘pol muomala qilganini aytdi

“Men uni tartibga chaqirayotgan vaqtimda menga nisbatan qo‘pol so‘zlar aytib jahlimni jilovlay olmasligimga sabab bo‘ldi”, deydi o‘qituvchi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 oktyabr kuni Namangandagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchisini ayovsiz do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi. Keyinroq holat joriy yilning 13 oktyabr kuni Davlatobod tumanidagi 58-sonli umumta’lim maktabida kuzatilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘qituvchi  M.E. o‘zi sinf rahbarlik qilayotgan ushbu maktabning 5-v sinfiga kirib, 2011 yilda tug‘ilgan o‘quvchisi M.X.ning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, badanining turli joylariga qo‘llari bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shaxar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

423

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing