Namanganda o‘qituvchi o‘quvchisini do‘pposladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi 58-sonli maktabda o‘qituvchi o‘quvchini urgani aks etgan video tarqaldi.

Holatga viloyat IIB Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat o‘sha kunning o‘zida tuman IIB tomonidan nazoratga olingan. 

Tergovga qadar tekshiruv xujjatlariga ko‘ra, Davlatobod tumani XTBga qarashli 58-sonli maktabning “Geografiya” fani o‘qituvchisi E.M. 2022 yil 13 oktyabr kuni soat 16:10 larda o‘zi sinf raxbarlik qilayotgan ushbu maktabning 5-v sinfiga kirib, 2011 yilda tug‘ilgan o‘quvchisi X.M.ning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, badanining turli joylariga qo‘llari bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. 

Mazkur holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, Namangan shaxar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

818

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing