Namanganda uch egizak qiz tug‘ildi

Jamiyat

image

Namangan viloyatida 3 nafar egizak qiz farzand dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Bugun, 3 yanvar kuni To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Yortepa” mahallasida yashovchi Akmaljon Xudoyberdiyev hamda Maftuna Qurbonovalar oilasida bir yo‘la uch farzand dunyoga keldi. Ularning hammasi qiz bola. 

Qayd etilishicha, ona va egizaklarning barchasi sog‘lom.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 yanvarda mamlakatda jami 1312 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi. Ularning 7 nafari egizak farzand edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing