Namanganda To‘raqo‘rg‘on va Davlatobod tumanlari chegaralari o‘zgartiriladi
Jamiyat
−
20 aprel 2022
5807Namangan shahrini investitsion va turistik jozibadorligini oshirish maqsadida “millionli shahar”ga aylantirish uchun, shaharga chegaradosh bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan 472,4 gektar yer maydonini qo‘shish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on hamda Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumanining hududi chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarorida belgilanmoqda.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini qabul qilinadi va:
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumanining hududi chegaralari o‘zgartiriladi.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan 472,2 gektar (shundan 416,9 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Davlatobod tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Qarorga muvofiq Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumanining o‘zgartirilayotgan hududlari chegaralarining tavsifi va kartografik chizmasi chegaralari chizig‘i tavsifi tasdiqlanadi.
LiveBarchasi