Namanganda tuman DSI boshlig‘i pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
18 noyabr 2021
14349Namangan viloyatida 1 gektar yerni fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i pora olayotganda ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Viloyatdagi tumanlardan birining DSI boshlig‘i haydovchisining nomida bo‘lgan sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 1 gektar yer maydonini boshqa bir fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilgan.
Huquq tartibot idoralari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pulni xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Jizzaxda ikki holatda prokuror va uning o‘rinbosari, Samarqandda prokuror o‘rinbosari, Andijonda prokuratura xodimi, Olmaliqda esa shahar suv ta’minoti korxonasi boshlig‘i pora olayotganda qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi