Namanganda transformator yonib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 27 noyabr kuni Namangan shahri Qizilko‘prik dahasida transformator yonib ketdi. O‘zbekiston Energetika vazirligi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qish mavsumi yaqinlashib, havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida elektr energiyasining iste’moli oshishi, aholi xonadonlarini isitishda noqonuniy elektr isitish jihozlaridan ko‘p foydalanilganligi bois Namangan shahar “Ishonch” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 1455-sonli transformator punktida 27 noyabr kuni soat 18:05 lar atrofida qisqa tutashuv natijasida, transformator punkti yonishiga sabab bo‘lgan. 

Hozirda “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”ning maxsus ishchi guruhi tomonidan muammoni bartaraf etish choralari olib borilmoqda va tez fursatlarda mahalla elektr ta’minotiga ulab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkentda elektr energiyasidagi uzilish metro harakati va jonli efirdagi deputatlar debatiga ta’sir qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Namangan transformator

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing