Namanganda tovuqlarga zarar yetkazgan itni chinorga osib qo‘ygan o‘smirlarga sud hukmi o‘qildi

Jamiyat

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chortoq tumanida bir guruh maktab o‘quvchilari tovuqlarga zarar yetkazgan itni chinorga osib qo‘ygani aks etgan video tarqalgandi. Kuchukni qiynoqqa solganlarga sud hukmi o‘qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 29 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudi tomonidan 2003 yilda tug‘ilgan S.O. hamda N.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1891-moddasi 1-qismiga asosan ish hujjatlari ko‘rilib, ularga nisbatan 2 million 450 ming so‘mdan jarima jazosi tayinlangan.

Voyaga yetmaganlar — 2008 yilda tug‘ilgan M.N.ning otasi O.N va 2009 yilda tug‘ilgan O.R.ning otasi N.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismiga asosan hujjatlar to‘planib, Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman idoralararo komissiyasi tomonidan ularga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida, ya’ni 245 ming so‘m jarima jazosi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 24 may kuni Chortoq tumani “Sohibkor” MFY Navbahor ko‘chasida yashovchi, Chortoq tumani XTBga qarashli umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi H.H. shu mahallada yashovchi 5-sinf o‘quvchisi Z.Sh. bilan birgalikda uydagi tovuqlariga zarar yetkazgan itni dalaga olib borib tashlab kelmoqchi bo‘lgan. Voyaga yetmaganlar shu maqsadda itni o‘zi bilan birga olib ketib, o‘zlari sodir etayotgan harakatlarni huquqiy oqibatini tushunib yetmasdan itni chinor daraxtiga osgan.  

Ushbu holatni Chortoq tumani “Hayrli” MFYda yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan I.B. videoga olib, Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Sinfdoshlar” guruhiga yuborgan. Joriy yilning 27 may kuni ushbu videoni tumandagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi A.T. TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

498

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing