Namanganda topilgan “aviatsion” bombalar Popdagi poligonda portlatildi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq Namanganda 4 ta butun va 2 ta yarimta yemirilgan “aviatsion” bomba topilgani haqida xabar berilgandi. Ular Pop tumanidagi harbiy qism poligonida yo‘q qilindi.

Joriy 7 iyul kuni Namangan viloyati Davlatobod tumani “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘ini Kushon sanoat hududidan 4 ta butun va 2 ta yarimta yemirilgan “aviatsion” bombalar topilgandi. Ushbu bombalar artilleriya snaryadi korroziyaga uchrab yemirilgani ma’lum bo‘ldi. 

Ushbu hududda kunlik navbatchilik tashkil etilib, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qidiruv-qutqaruv otryadi, Ichki ishlar boshqarmasi, Mudofaa vazirligi va IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Namangan viloyati maxsus otryadlari jalb etilgan. 

Ushbu hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

357

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing