Namanganda teatr xodimlari pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida ish haqi yozib berish evaziga 800 AQSH dollar pora talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 12 yanvar kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga Alisher Navoiy nomidagi musiqali drama teatri ustidan shikoyat arizasi kelib tushgan. Arizada keltirilishicha, shikoyatchining ikki nafar qarindoshiga teatrning kadrlar bo‘limida ishlovchi xodimlar tomonidan ish stajini rasmiylashtirib berish hamda ularni yoshga doir nafaqaga chiqarishga va’da berilgan. Buning evaziga har biri uchun 400 AQSH dollaridan jami 800 AQSH dollari talab qilingan.

Mazkur murojaatdan so‘ng Ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan maxsus tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Namangan shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi musiqali drama teatri ma’muriy binosida gumonlanuvchilar arizachi tomonidan kimyoviy ishlov berilgan 800 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) hamda 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida ekologiya xodimi ko‘p yillik daraxtlarni kesib tashlashga ruxsat berish evaziga 3 ming AQSH dollari olayotgan paytda ushlangani haqida xabar berilgan edi.

Sunnatova Farangiz


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Namangan Ichki ishlar boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing