Namanganda talaba imtihondan yiqilgani uchun o‘zini yoqib yubordi
3-sahifa
−
14 fevral 2023
17105Namanganda talaba imtihonlarini topshira olmay, qayta topshirishga qolgani uchun o‘zini yoqib yubordi. Oqibatda u vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 10 fevral kuni Farg‘ona viloyatida yashagan, Namangan muhandislik qurilish institutining 3-bosqich talabasi X.X. oliygohda 5 ta fandan oraliq imtihonlarni topshira olmagani sababli, qayta topshirishga qolib ketgan.
Guruh rahbari talabaning otasiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘li yuqoridagi 5 ta fandan oraliq imtihonlarni topshira olmagani haqida ogohlantirgan.
O‘z navbatda ota o‘g‘liga telefon orqali tanbeh bergan. Shundan so‘ng, talaba X.X. ruhiy tushkunlikka tushib, Yangiqo‘rg‘on tumani hududidagi dala-adirlik maydoniga benzin yonilg‘isini olib kelib, o‘zini yoqib yuborgan.
X.X.ni yonib jarohat olganini ko‘rib qolgan fuqarolar unga yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib kelgan.
Tibbiy ma’lumotga ko‘ra, X.X.ning badanida alangadan tanasining 50 foiz qismida chuqur kuyish jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan, u kecha, 13 fevral kuni shifoxonada vafot etgan.
Shu kuni Yangiqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi