Namanganda shifokor nega kaltaklangani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Namangandagi poliklinikada fuqaro tibbiyot xodimini ayovsiz kaltaklagani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 iyul kuni videolavhada yuz bergan holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB 2-son IIB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, Namangan shahar “Yangiqurilish” MFYda joylashgan 10-sonli oilaviy poliklinikada shifokor bo‘lib ishlovchi, 1994 yilda tug‘ilgan N.K.ni oldiga Namangan shahrida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan B.N. va akasi 1996 yilda tug‘ilgan G.N. sog‘lig‘i yaxshi emasligi va tana harorati ko‘tarilib ketganidan shikoyat qilib, tibbiy yordam so‘rab kelgan. So‘ngra, shifokor N.K. tibbiy ko‘rikni o‘tkazib, tana harorati ko‘tarilmaganligini aytganida, fuqaro 1999 yilda tug‘ilgan B.N. noto‘g‘ri tashxis qo‘yildi, deb janjal ko‘tarib shifokorni urgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, shifokorni olgan tan jarohati bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Bugun, 4 avgust kuni berilgan xulosaga ko‘ra, shifokorga sog‘lig‘ini buzilishiga sababchi bo‘lgan “yengil” tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1283

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing