Namanganda sel ko‘prikka zarar yetkazdi
Jamiyat
−
21 iyul 2021 5504 1 daqiqa
Kecha, 20 iyul kuni yomg‘ir yog‘ishi natijasida Namangan viloyatining Kosonsoy tumani tomonidan sel toshqini kelib, Namangan shahar hududidan o‘tgan 4R-117 To‘raqo‘rg‘on – Namangan – Chortoq avtomobil yo‘lining 15-kilometrida joylashgan ko‘prikka zarar yetkazdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu sababdan ushbu yo‘lda transport vositalarining harakati cheklandi.
Shuningdek, 4R-112 Farg‘ona xalqa yo‘li avtomobil yo‘lining 73-kilometrida joylashgan “Tashlama” ko‘prigiga zarar yetganligi sabab sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan harakat qisman (bir tomonlama tashkil etilgan) cheklandi.
Haydovchilardan vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralmoqda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr