Namanganda Prezident maktabi ochildi
Jamiyat
−
06 dekabr 2019
13456Namangan Prezident maktabi: Orzular ushaladigan, istaklar cheklanmaydigan maskan
Bugun, 6 dekabr kuni Namangan shahrida Prezident maktabi ochildi.
Viloyat bo‘yicha sakkiz mingga yaqin o‘quvchi yoshlar Prezident maktabi o‘quvchisi bo‘lish maqsadida imtihonlardan o‘tgan bo‘lsa, ulardan eng salohiyatli, eng bilimli, eng munosib 144 nafari o‘quvchilar safiga qabul qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, Prezident maktabida o‘quv jarayoni ham tubdan yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan. O‘quv jarayoni Kembrij universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalar va dasturlar bo‘yicha ingliz tilida amalga oshiriladi. Prezident maktablarining tashkil etilishi bilan ta’lim tizimida “STEAM – ta’lim” eng ko‘p ishlatilayotgan, mohiyati endigina anglashilayotgan iboralardan biriga aylandi. Maktabda xuddi shu dastur asosida “STEAM” fanlar – tabiiy fanlar, texnologiya, texnik ijodiyot, san’at, matematika chuqurlashtirib o‘rgatiladi. 10 nafar xorijlik mutaxassislar o‘quvchilarga dars beradi.
LiveBarchasi