Namanganda poyezd va Lacetti to‘qnashdi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Namanganda Lacetti va harkatlanib kelayotgan poyezd ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Natijada Lacetti’da bo‘lgan yo‘lovchilar vafot etdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar qildi. 

Joriy yilning 25 noyabr kuni taxminan soat 18:30 da Namangan shahrida Andijondan harakatlanib kelayotgan yuk poyezdi va Lacetti rusumli avtomashina to‘qnashgan. Natijada Lacetti’da bo‘lgan haydovchining oila a’zolari voqea joyida vafot etgan.

Voqea sodir bo‘lgan hududda istiqomat qiluvchi aholi aytishicha, poyezd yo‘li yoritish chiroqlari bilan ta’minlanmagan. Kerakli yo‘l belgilari ham o‘rnatilmagan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing