Namanganda Nexia va Spark to‘qnashib, yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 26 mart kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida Nexia va Spark to‘qnashib, butunlay yonib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, voqea kecha soat 16:00 larda Namangan–Uychi–Uchqo‘rg‘on yo‘lining 28-kilometri chorrahasida sodir bo‘lgan.

Spark avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va qarshisidan kelayotgan Nexia bilan to‘qnashgan.

Oqibatda har ikki avtomashinada yong‘in chiqib, transport vositalari to‘liq yonib, zararlangan.

Hodisada hech kim vafot etmagan. Spark haydovchisi tizzasi lat yeyishi, Nexia haydovchisi chap oyog‘i lat yeyishi, ikki nafar yo‘lovchi ham tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

"Spark haydovchisi tizzasi va Nexia haydovchisi chap oyog‘i lat yeyishi, ikki nafar yo‘lovchilar ham tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH yong'in Namangan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing