Namanganda Nexia 2 kanalga tushib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 3 yanvar kuni Namangan viloyati Chortoq tumani “Ayqiron” MFY hududidan oqib o‘tuvchi katta Namangan kanaliga Nexia 2 rusumli avtomobili tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, haydovchi noqulay ob-havo tufayli boshqaruvni yo‘qotgan va mashinasi bilan kanalga tushib ketgan. Avtomobilda haydovchidan tashqari bir nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Xabarda yozilishicha, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobilni kanaldan olib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, xuddi shu kuni Surxondaryoda ham Labo avtomobili kanalga tushib ketgan, oqibatda esa haydovchi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing