Namanganda mototsikl yo‘l chetidagi ikki piyodani urib yubordi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 7 iyul kuni Namangan viloyati Pop tumanida 36 yoshli fuqaro boshqaruvidagi mototsikl ikki fuqaroni urib yubordi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 21:30 larda G‘urumsaroy–Chodak–Guliston yo‘lining 36-kilometrida Pop tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro “Ural” rusumli mototsiklini boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay qolgan. Shu vaqtda mototsikl yo‘l chetida turgan, Uychi tumanida yashovchi 2001 va 1996 yilda tug‘ilgan fuqarolarni urib yuborgan. Oqibatda piyodalar bel sohasi lat yeyishi va o‘tirg‘ich suyagining sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan tuman Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan joriy yilning 16 iyul kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 aprel kuni Nexia va mototsikl ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi yuz bergandi va buning oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing