Namanganda MAN yuk mashinasiga borib urilgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi

3-sahifa 3407
image

Namangan viloyatida Damas haydovchisi MAN yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 10 iyul kuni soat 00:20 larda Toshkent - O‘sh yo‘lining 240-kilometrida Pop tumani “Qo‘shminor” MFY hududida Farg‘ona viloyatida yashagan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini Vodiy – Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay qolgan. U shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Andijon viloyatida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinaning orqa qismiga urilgan.

Oqibatda Damas avtomashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 89
Reyting: 3
t
×