Namanganda malaka sertifikatini soxtalashtirgan shifokorlarga jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Namangan viloyati Chust tumanida besh nafar shifokorning malaka sertifikati qalbaki ekani aniqlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tomonidan Chust tuman tibbiyot birlashmasida masofadan turib monitoring tekshiruvi davomida bolalar psixiatriyasi, anesteziologiya va reanimatologiyasi, umumiy amaliyot shifokori, nevrologiya, umumiy xirurgiya mutaxassisliklari uchun bir nechta shifokorlarning malaka toifasi sertifikatlari qalbaki ekanligi haqida shubha tug‘ilgan.

Shu sababdan malaka toifasi sertifikatlarining qalbakilashtirilgan holatiga aniqlik kiritish uchun Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davrida o‘tkazilgan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB EKBning tadqiqotlar xulosasiga ko‘ra, malaka toifasi sertifikatlaridagi muxrlar izi kompyuter qurilmasining rangli oqimli (struyniy) printeri yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G.N., S.N., M.J., I.Yu. va O.Z., larga nisbatan JKning 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

malaka sertifikati

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar